
08.09.2025 yil sanasida oliygoh majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” ni tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Shundan so‘ng, “Ixtiro va foydali modelga patent olish uchun talabnomani rasmiylashtirishga oid tavsiyalar” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
Dastlab universitet rektori O‘.R. Salomov makzur seminarni ochib berdi. Seminar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.T. Sagdullayev ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni bo‘yicha batafsil ma’lumot va tushunchalar berib o‘tdi.
