Bugun Fargʻona davlat texnika universiteti majlislar zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.


Bugun Fargʻona davlat texnika universiteti majlislar zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Uni birinchi prorektor Sherzodbek Dehqonov ochib berdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarovning tinchlik, radikalizm va jaholatga qarshi kurash mavzusidagi chiqishlaridan lavhalar namoyish etildi.

Asosiy qismda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Fargʻona viloyati bosh mutaxassisi Zokirjon Xakimov yoshlar orasida diniy-ekstremistik oqimlar va ularning ijtimoiy tarmoqlardagi ta’siri haqida ma’ruza qildi. U yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish, ma’rifat bilan jaholatga qarshi kurashish borasida tavsiyalar berdi.

Tadbirda rektor maslahatchisi Hiloliddin Valijonov ham soʻzga chiqib, yoshlarni yot gʻoyalarga ergashmaslikka chaqirdi. Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti