UNIVERSITET PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA TALABALAR UCHUN AJOYIB SOVG‘A


Yangi o‘quv yili arafasida universitetimizning axborot-resurs markazi yangi, zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan yanada boyidi.

Universitet kafedralarida o‘qitilayotgan fanlarning adabiyotlarga bo‘lgan extiyojini o‘rganish asosida universitet tomonidan jami 72 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar 735 nusxada sotib olinib, axborot-resurs markaziga rasmiylashtirildi.

Ushbu zamonaviy adabiyotlar talabalarimiz uchun o‘z bilimlarini yanada oshirishlarida be’minnat ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz va professor-o‘qituvchi va talabalarimizni axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, ushbu adabiyotlardan unumli foydalanishga chaqiramiz.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti