Farg'ona davlat texnika universiteti “Energetika muhandisligi” fakulteti 4-bosqich talabalari uchun dual taʻlim dasturi asosida oʻtkazilayotgan ishlab chiqarish darslarining keyingi manzili Eko shahar boʻldi.


Bu safar fakultetning professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan mashgʻulotlar Fargʻona shahridagi Eko shaharning elektr taʼminoti uchun yangi qurilgan 110/10 kVli “Eko shahar” podstansiyasida o'tkazilib, talabalar u yerda podstansiya navbatchisi bilan muloqotda boʻlishdi. 
Uchrashuvda talabalarga podstansiyaning sxemasi, xususan zamonaviy LW36-126 rusumli elegazli oʻchirgichlarni va har biriring quvvati 40000 kVA boʻlgan ikkita SFZ-40000/115/11 kV rusumli taʼmirga chiqarish sxemasi, bu ishlarni bajarish uchun naryad va farmoyishlar rasmiylashtirilishi haqida soʻzlab berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti