Kecha 25-sentyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori O‘.R.Salomov boshchiligida "Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya" fakulteti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.


Uchrashuv avvalida Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning dam olish vaqtlarini qanday o‘tkazayotganliklari, TTJda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Rektor talabalar bilan uchrashar ekan, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini albatta samarali ishlarga sarflashlari,˗ xorijiy tillarni mustaqil o‘rganishlari lozimligini ta'kidladi.
Uchrashuv so‘ngida TTJda 5- tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida sovrindor bo‘lgan talabalarga diplom topshirish marosimi o'tkazildi hamda qavatlar o‘rtasida tashkil etilgan Osh chempionatida dasturxonga tortilgan palovdan totib ko‘rilib, g‘oliblar nomi e’lon qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti