Bugun 29-sentyabr kuni universitet konferentsiyalar zalida Eronning "Petroleum unversity of technology" universitetining Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori- doktor Xusayni Saffarzoda bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuv boʼlib oʼtdi.


Uchrashuv avvalida doktor Saffarzoda taklif uchun universitet rektori va jamoasiga oʼz minnatdorchiligini bildirdi. Oʼz navbatida, ilmiy ishlar va innovatsiya boʼyicha FDTU prorektori Shoxrux Davlatov rektor nomidan mehmonni samimiy qutlab, tarixan bir-biri bilan bogʼliq boʼlgan ikki xalqning taʼlim sohasidagi hamkorligi ham samarali boʼlishiga ishonishini taʼkidladi. Shundan soʼng, mehmon tomonidan qatnashchilarga xorijiy universitet imkoniyatlari tanishtirildi. Ikki universitet talabalari va professor-oʼqituvchilarning tajriba almashishi, birgalikda ilmiy ishlar qilinishiga kelishib olindi. Laboratoriyalarni jihozlash boʼyicha takliflar oʼrtaga tashlandi. Uchrashuv soʼnggida ikki universitet oʼrtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti