Konferentsiyaning kun tartibidan universitet boshlangʼich kasaba uyushma tashkilotini tuzish, uyushma qoʼmita aʼzolari va raisini, shuningdek tashkilot taftish komissiyasi tarkibini va raisini saylash masalalari oʼrin olgan boʼlib, unda Oʼzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Fargʼona viloyati kengashi raisi E.N.Nuraliev qatnashdi va so'zga chiqdi. Tadbirda ochiq va shaffof ovoz berish natijalariga koʼra Nuriddinov Mirsaid Аbdumannopovich universitet kasaba uyushma tashkiloti raisi etib saylandi. Shundan soʼng, 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetda uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan professor-oʼqituvchilar taqdirlanishdi.

