Bugun 30-sentabr kuni Fargʼona davlat texnika universitetining Konferentsiyalar zalida universitet ilmiy kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishni universitetning oʼquv ishlari boʼyicha prorektori Ilimdorjon Jaxongirov ochib berarkan, soʼzining avvalida universitet professor-oʼqituvchilari va mehnat jamoasini 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan rektor O'ktam Rahimovich Salomov nomidan samimiy qutladi. Shundan soʼng, universitetning ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan bir nechta pedagog ustozlariga tantanali ravishda diplomlar va esdalik sovgʼalarini topshirish marosimi boʼlib oʼtdi. Ilmiy kengashning asosiy qismida kun tartibiga qoʼyilgan bir qator masalalar birgalikda muhokama qilindi va takliflar oʼrtaga tashlandi.

