Mamlakatimizda ustozlarni ulug‘lash, ularning mehnatini qadrlash va ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida ta’lim–ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda va ana shu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib rag‘batlantirishga maqsadida 2025–2026 o‘quv yili uchun “Eng Fidoyi Ustoz – IV” tanlovi e’lon qilinmoqda
