Tadbir avvalida Universitetning Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Dexkanov universitet rektori professor O‘ktam Rahimovich Salomovning bayram tabrigi (https://fstu.uz/view/542)ni barchaga o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, universitet rahbariyati yaqinda muhandislik tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalar va yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni universitet nomidan, “Mahalla" xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Yulbarsov Bahodirjon Akramjonovich universitetda uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan bir qator ustoz pedagoglarni jamoat fondi nomidan tabriklashib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi. Diltortar qo‘shiqlar, bayramona atmosfera, dasturxon atrofidagi shirin diydorlashuv bayramona shukuhga yanada fayz ulashdi.

