Fargʼona davlat texnika universiteti rektori professor Oʼ.R. Salomov Xitoy xalq respublikasiga xizmat safari davomida Shandon professional-texnika universiteti rahbariyati bilan xalqaro hamkorlik dasturi doirasida uchrashuv oʼtkazdi.


Uchrashuv avvalida Shandon universiteti rektori Du Lin FDTU rektoriga tashrif uchun oʼz minnatdorchiligini bildirarkan, ikki xalq oʼrtasidagi doʼstlik va hamkorlik taʼlim sohasida ham manfaatli boʼlishiga ishonishini taʼkidladi. Oʼz navbatida professor Oʼ.R.Salomov ham taklif uchun mahalliy universiteti jamoasi va rahbariyatiga tashakkur bildirdi. 
Uchrashuvning asosiy qismida bir oylik qisqa dronlar uchun pilotlarni tayyorlash kurslari, uch yillik dronlar ishlab chiqarish boʼyicha professional kurslar va birgalikda dronlar loyihalash, ishlab chiqarish boʼyicha bakalavr yoʼnalishini (2+2) tashkil qilish masalalari koʼrib chiqildi va xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti