Sammit doirasida bo’lib o’tgan “Cyberkent 3.0” respublika miqyosida oʻtkazilgan musobaqada Startap markazining faol talabalaridan biri hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti 7-22-guruh talabasi Xurshidbek Sobirjonov "Blue team" yo'nalishida faxrli 2-o'rinni qoʻlga kiritib, 30 million pul mukofotiga ega boʻldi.
Ushbu yutuq nafaqat talabaning mehnati, balki universitetimiz yoshlarining ilm-fan va texnologiya sohasidagi faol ishtiroki natijasidir.
Fargʻona davlat texnika universiteti Startup markazining faol talabalaridan biri Xurshidbekni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.