Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Belgiya, Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlar oliy ilmiy muassasalarining yarim o‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislari tezis va maqolalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiya zamonaviy fizika fani va texnikasining dolzarb muammolarini hal etishga yosh mutaxassislarni jalb etish yo‘lida yuqori malakali mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va foydali aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi
