Bugun Farg‘ona politexnika instituti Qurilish fakulteti “Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi” kafedrasiga “Toshkent Irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori, texnika fanlari doktori Arifjanov Aybek, dosent PhD Apakxujayeva Tursunoy va Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti professori Koletva Tatianalar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institutda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar va instituti tayanch doktorantlari, magistrlari va ilmiy izlanuvchilar uchun seminar trening tashkil etdilar.