Shu kelishuv doirasida Fargʼona davlat texnika universitetida Xitoyning “Rizhao Haixun Network Technology Co., Ltd” kompaniyasi hamda Shandon professional texnika universiteti vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv davomida Fargʼona shahri “Eko shahar” hududida FDTU qoshida hamkorlikda aeroinjiniringga ixtisoslashgan Texnopark tashkil qilish bilan bog’liq tashkiliy masalalar, jumladan bino-inshootlar loyihasi va keyingi rejadagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
