Seminarni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori Sh.Davlyatov ochib berdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda barcha hududlardagi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlarini loyihalashtirish bosqichlari, topografiya, geodeziya (loyihani joyiga ko‘chirish, loyihaviy binolarni otmetka balandliklarini joyida ko‘rsatish, ko‘p qavatli binolarni qavatlar rejasini joyiga ko‘chirish) ishlari olib borilayotganligi haqida ma’ruzachilar tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.
