2025-yil 24-oktabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida “Toza va yashil O‘zbekiston uchun” shiori ostida Plogging aksiyasi o‘tkazildi.


Ushbu tadbirda Mexanika-mashinasozlik fakulteti tyutorlari I. Abdubannobov va T. Botirova o‘zlariga biriktirilgan volontyor talabalar bilan birgalikda faol ishtirok etishdi.
Aksiya davomida ishtirokchilar chiqindilarni yig‘ib, atrof-muhitni tozalashdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga o'z hissalarini qo'shishdi.
Ushbu aksiya orqali :
✅ Ekologik madaniyatni yuksaltirish,
✅ Tabiatga e’tiborni kuchaytirish,
✅ Har bir talabada mas’uliyat hissini shakllantirish maqsad qilingan.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti