29-oktabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida JOBFAIR mehnat yarmarkasi va Ai Case Challenge musobaqasi bo'lib o'tdi.


JOBFAIR  mehnat yarmarkasida 20 dan ziyod IT kompaniyalar va 100 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy qismida sun’iy intellekt yordamida real muammolarni hal qiluvchi loyihalar tanlovi o'tkazildi.
Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona davlat texnika universiteti, IT Park Farg‘ona hamkorligida tashkillangan  “AI Case Challenge” musobaqasida 100 dan ortiq talaba va o'quvchilar ishtirok etishdi. Tanlovda ishtirokchilar real hayotiy misollarni tahlil qilib, sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishdi. Eng kuchli jamoalar o‘z g‘oyalarini taqdim etishib, qimmatbaho sovrinlar hamda inkubatsiya dasturiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti