Ijodiy uchrashuv avvalida mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan non va shirinliklar hamda musiqa sadolari ostida kutib olindi. Universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektori Sh. Dexkanov ularga tashrif uchun rektor nomidan minnatdorchilik bildirdi. Millatlararo totuvlikni oʼzida ifoda etgan Madaniyat markazlari xodimlari tomonidan mehmonlar uchun tashkil qilingan musiqiy sahna koʼrinishlari uchrashuv debochasiga oʼzgacha shukuh baxsh etdi. Shundan so'ng mehmonlar ishtirokida ularni tashakkurnoma va sovgʼa-salomlar bilan taqdirlash marosimi o'tkazildi.
