Fargʼona davlat texnika universitetida bugun boʼlib oʼtgan "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasidagi ijodiy uchrashuv davomida mehmonlar universitet muzeyiga ham tashrif buyurishdi.


Ularga hamrohlik qilgan universitetning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha 1-prorektori Sh.Dexkanov mehmonlarga muzeyning tashkil topishi, u yerdagi universitetning uzoq yillarga borib taqaluvchi boy tarixi, shuningdek, erishgan yutuqlari va xalq xoʼjaligi hamda sanoatiga qoʼshgan hissalarini oʼzida aks ettirgan foto suratlar va turli eksponatlar haqida gapirib berdi. Muzey ekspozitsiyalari mexmonlarda oʼzgacha taassurot qoldirdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti