Bugungi "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasidagi ijodiy uchrashuvning asosiy va badiiy qismi universitetning katta majlislar zalida boʼlib oʼtdi.


Unda dastlab universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektori Sh.Dexkanov ijodkorlarni qatnashchilarga tanishtirdi. Shundan so'ng, shoir ijodkorlar- Хosiyat Bobomurodova, Gulbahor Jumayeva, Muhammad Siddiq uinversitet talabalari va professor-oʼqituvchilariga oʼz hayotlari va ijodlari haqida gapirishdi. Turli yillarda yozilgan sheʼrlaridan namunalar oʼqib berishdi. Ularning ibratli hayot va ijod yoʼllari, lirik sheʼrlari va universitet talabalaridan tashkil topgan teatr truppasi tomonidan tayyorlangan, ijodkorlar hayotidan olingan badiiy va mazmunli sahna koʼrinishlari ishtirokchilarda kuchli taassurot qoldirib, ularning olqishlariga sazovor boʼldi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti