4-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida universitet rahbariyati va Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari O. Vohidov boshchiligidagi bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda Prezident Sh. Mirziyoyevning 22-oktabr kungi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 189-sonli qarori ijrosi bo‘yicha bir qator masalalar, shuningdek, shu qarorga asosan Farg'ona davlat texnika universitetida sun’iy intellekt laboratoriyasini tashkil qilish yuzasidan universitetga biriktirilgan Biznesni rivojlantirish banki bilan kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Takliflar ko‘rilib, tavsiyalar berildi va hamkorlik rejasi ishlab chiqildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti