Reja dasturi boʼyicha ko'rik-tanlovning ikkinchi kunida dasturda ko'rsatilgan fakultetlar teatr studiyalari reglamentga koʼra sahna koʼrinishlarini namoyish etishdi.Talabalar tomonidan spektakl uchun tanlangan mavzular dolzarbligi, taqsim qilingan rollar ijrosidagi talabalarning aktyorlik mahorati va sahna madaniyati, matn va dialoglardagi nutqga yondoshuv va rejissura hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi asosida munosib baholandi. Tanlov yakunlariga ko'ra g'olib va sovrindorlar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.