Fargʻona politexnika instituti Ege va Anadolu universiteti bilan hamkorlik aloqalarining yangi davri boshlanmoqda.
Ayni vaqtda xizmat safari bilan Izmir shahrida boʻlib turgan Fargʻona politexnika instituti rektori Oʻktam Salomov qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolamoqda. Ular orasida Turkiyaning Ege hamda Anadolu universiteti ham bor.