Tadbirni universitetning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha 1-chi prorektori Sh.Dexkanov ochib berdi. Shundan soʼng, viloyat kiberxavfsizlik boshqarmasi mas'ul xodimi podpolkovnik А.Eminov soʼzga chiqib, qatnashchilarga kundan kunga avj olib borayotgan kiberjinoyatlar va ularning mohiyati haqida gapirdi hamda ularni tasniflab berdi. Ularning qurboni boʼlayotganlarni misol qilib keltirib, ulardan himoyalanish zarurligini taʼkidladi va amaliy koʼrsatmalar berdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar kiberxavfsizlik boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va tavsiyalar olishdi.