Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar ishlab chiqarish jarayonlari, ilg‘or texnologik uskunalar, shuningdek, ilmiy yondashuv asosida texnik yechim talab qiladigan masalalar bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - universitet bilan sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amaliy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlar ishlab chiqishga zamin yaratishdan iborat bo‘ldi.
Korxonaning yaqinda tashkil etilgan Research & Development (R&D) markazi faoliyati, u yerda yaratilgan texnik va laboratoriya sharoitlari universitet olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif chog‘ida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, yangi texnologik yechimlar ishlab chiqish hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.