Bugun 6-noyabr kuni Fargʼona davlat texnika universiteti katta majlislar zalida Talabalar teatr studiyalari koʼrik-tanlovining universitet bosqichiga start berildi.


Reja dasturi boʼyicha ikki kunga moʼljallangan tanlov jarayonining birinchi kunida dasturda ko'rastilgan fakultetlar teatr studiyalari reglamentga koʼra sahna koʼrinishlarini namoyish etishdi.Talabalar tomonidan spektakl uchun tanlangan mavzular dolzarbligi, taqsim qilingan rollar ijrosidagi talabalarning aktyorlik mahorati va sahna madaniyati, matn va dialoglardagi nutqga yondoshuv va rejissura hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti