Dastlab Fargʼona davlat texnika universiteti rektori professor Oʼ.R.Salomov Prezident adminstratsiyasi rahbari o'rinbosarini Texnoparkda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda bajarilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. H. Umarova tashrifi davomida universitet professor-oʼqituvchilari va tadqiqotchi olimlari tomonidan ishlangan innovatsion loyihalar va ishlanmalar, dual taʼlim tizimi asosida talabalar tomonidan Texnoparkda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib chiqdi.
Universitetning АQSh va Xitoylik hamkorlari bilan birgalikda tayyorlangan yangi innovatsion loyihalar, shu hamkorlik asosida Farg'ona shahridagi Eko shaharda barpo qilinayotgan yangi texnopark loyihasi taqdimoti H.Umarovada katta qiziqish uygʼotdi.