Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektori Sh. Dexkanov ochib berdi. Shundan soʼng, Oʼzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi Xalqaro munosabatlar kafedrasi professori B.Berdiev qatnashchilarga "Radikallashuv omilining geosiyosiy jihatlari" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada Islom dini va uning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi oʼrni, radikallashuvning geosiyosiy motivlari, musulmon dunyosini radikallashtirish va geosiyosiy maqsadlar haqida soʼz yuritildi va fikr-mulohazalar bildirildi.