Bugun 11-noyabr kuni Fargʼona davlat texnika universiteti katta majlislar zalida 1-bosqich talabalari uchun maʼrifat soati doirasida Fargʼona viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda kiberxavfsizlikka bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.


Tadbirda viloyat kiberxavfsizlik boshqarmasi mas'ul xodimi podpolkovnik А.Eminov soʼzga chiqib, qatnashchilarga kundan kunga avj olib borayotgan kiberjinoyatlar va ularning mohiyati haqida gapirdi hamda ularni tasniflab berdi. Ularning qurboni boʼlayotganlarni misol qilib keltirib, ulardan himoyalanish zarurligini taʼkidladi va amaliy koʼrsatmalar berdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar kiberxavfsizlik boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va tavsiyalar olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti