MAX IV — Yevropaning eng zamonaviy sinxrotron nurlanishi markazi bo‘lib, unda fizika, kimyo, biologiya, farmatsevtika, nanotexnologiya va materialshunoslik kabi sohalarda ilg‘or ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Mazkur markaz 2016-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, u dunyodagi eng yorqin elektron sinxrotron manbalaridan biridir. MAX IV laboratoriyasi ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlik markazi sifatida faoliyat yuritadi hamda butun dunyodan yetakchi olimlar va tadqiqotchilarni birlashtiradi. Batafsil (https://telegra.ph/FDTU-rektori-Lund-universitetida-11-11)