Mazkur loyiha doirasida FDTUdan Lund Universiteti hamda Yevropaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalariga professor va ilmiy xodimlarni yuborish rejalashtirilgan.
Birinchi guruh ilmiy xodimlar 2026-yil yanvar oyidan boshlab Lund Universitetida stajirovka o‘tashlari ko‘zda tutilgan.
Ushbu kelishuv FDTUning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lidagi muhim qadami bo‘ldi.