Seminar-treningda ma’ruzachilar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi — kelgusida FDTUdan yuboriladigan ilmiy xodimlarning amaliyot jarayoniga qo‘yiladigan talablar va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini batafsil yoritishdan iborat bo‘ldi.
Har bir stajirovka ishtirokchisining SCOPUS bazasiga kiruvchi nufuzli jurnallarda ilmiy maqola chop etishi hamda FDTU ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shish asosiy vazifa sifatida belgilandi.