12-noyabr kuni Farg'ona davlat texnika universitetining katta majlislar zalida "Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi" doirasida tadbir bo'lib o'tdi.


Tadbirda Farg'ona viloyati raqobat boshqarmasi boshlig'i N.O'rinboyev, Istemolchilar federatsiyasi viloyat birlashmasi raisi o'rinbosari G'. Mamatqulov, Sanitar epidemologiyasi viloyat boshqarmasi bo'lim boshlig'i  K.Teshaboyevlar qatnashishdi va so'zga chiqishdi. 
Ular zalga yig'ilgan universitet professor-o'qituvchilari va talabalariga oziq-ovqat mahsulotlari sifati va epidomologik xususiyatlari, yaroqlilik muddatining ahamiyati, uy sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda gigienaga amal qilish lozimligi va ulardan zaharlanish sabablarini oldini olish xususida fikr bildirishdi hamda ko'rsatmalar berishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti