Bugun, 13-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalarning ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi va yutuqlarini namoyon etishga qaratilgan “Yil talabasi – 2025” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Tanlov 7 ta nominatsiya bo‘yicha tashkil etilib, unda iqtidorli talabalar o‘z yo‘nalishlari doirasida yil davomida amalga oshirgan ishlari, yaratgan loyihalari hamda erishgan yutuqlari haqida taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar va tashabbuslar hakamlar hay’ati tomonidan tanlov nizomi asosida atroflicha baholandi.
Mazkur tanlov talabalarning nafaqat bilim va iste’dodini, balki yetakchilik qobiliyati, jamoatchilik faolligi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini namoyon etishga xizmat qiladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti