Tadbirda Viloyat kiberxavfsizlik boshqarmasi masʼul xodimi podpolkovnik А.Eminov hamda viloyat prokuraturasi masʼul xodimlari I.Аlimov va J.Dehqonovlar soʼzga chiqib, kiberxavfsizlik va internet madaniyatini mustahkamlash boʼyicha hamkorlikning ahamiyati haqida soʼzlab berishdi.
Tadbir ishtirokchilari kibergigiena qoidalari va zamonaviy internet xavfsizligi usullari bilan tanishtirildi, shuningdek, bu sohadagi amaliyot va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan maslahatlar olish imkoniga ega boʼlishdi.