Mazkur seminar-treningni agentlikning mas’ul xodimlari — F. Rahimov, O. Ahmadov va D. Lutfullayevlar olib borishdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga xalqaro ilmiy identifikatsiya tizimlari, ilmiy maqolalarni indeksatsiya qilish jarayonlari, nufuzli ilmiy jurnallar bilan ishlash mexanizmlari hamda global ilmiy platformalarda samarali faoliyat yuritish bo‘yicha batafsil amaliy ko‘rsatmalar berildi.