Tashrif davomida “Science Park” vakillari va soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilayotgan Design Workshop, Solar Car, Microscope Lab kabi amaliy va ilmiy loyihalar bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.
Rektor markazda mavjud R&D hamda state-of-the-art laboratoriyalarni ko‘zdan kechirib, ularning faoliyatini o‘rganish orqali ushbu ilg‘or tajribalarni FDTU misolida qanday joriy etish mumkinligi yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat davomida innovatsion yondashuvlar, talabalar uchun amaliy loyihalar yaratish imkoniyatlari, shuningdek FDTUda zamonaviy ilmiy muhitni shakllantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.