19-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida Young Professional Internships Program (YPIP) bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda universitetning 3 va 4-bosqich talabalari ishtirok etib, mazkur dastur orqali talabalar uchun taqdim etiladigan amaliyot imkoniyatlari, tanlov bosqichlari, talablari hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taqdimot davomida YPIP dasturining yosh mutaxassislar malakasini oshirish, xalqaro tajriba orttirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ma'lumot uchun: YPIP dasturi AQShning Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi va O‘zbekistonning barcha hududlaridan bakalavriat talabalari qabul qilinadi. Ishtirokchilar yozgi amaliyotni Toshkentdagi yetakchi kompaniyalarda o‘tashadi, professional rivojlanish mashg‘ulotlarida qatnashishadi, soha mutaxassislari va tengdoshlari bilan tarmoq yaratishadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti