Farg‘ona davlat texnika universitetida Rossiyaning Perm milliy tadqiqotlar politexnika universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, grant tanlovlariga birgalikda ariza tayyorlash hamda istiqboldagi akademik almashinuv yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishdi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, taklif etilgan loyihalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Delegatsiya universitetimizga bildirgan e’tibor va hamkorlikka tayyorlik uchun minnatdorlik izhor etdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti