Аnjuman ishini universitetning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektori Sh. Dehqonov ochib berdi. Tadbirda Qirgʼiziston va Qozogʼiston oliy taʼlim muassasalarining professor-oʼqituvchilari, shuningdek, Oʼzbekistonning oʼndan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan kelgan ilm-fan va taʼlim ahli oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Аnjuman davomida yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini taʼminlash, iqtisodiy rivojlanish darajasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, inson kapitali salohiyatini oshirish, shuningdek, yangi texnologiyalarni jalb etish orqali barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishish masalalari atroflicha muhokama qilindi.