21-noyabr kuni, Farg‘ona davlat texnika universitetiga Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xirata Kendzi tashrif buyurdi.


Mehmonni universitet rektori, professor O‘. R. Salomov kutib olib, tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuv davomida FDTU va yapon oliygohlari o‘rtasida qo‘shma ta'lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar almashinuvi hamda yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mavjud imkoniyatlar tahlil qilinib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti