18-noyabr kuni FDTU rektori, professor O’.R.Salomov O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchixonasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston–Germaniya Birinchi Ta’lim Forumi”da ishtirok etdi.


Forum Berlin shahridagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston hamda Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan 100 dan ortiq rektorlar, professorlar, ilmiy xodimlar, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralardan yuqori darajadagi vakillar qatnashishdi. Tadbir doirasida FDTU bir necha nufuzli Germaniya universitetlari va xususiy sektor vakillari bilan hamkorlik bo‘yicha yangi bitimlarga erishdi. Ta’lim va innovatsiya yo‘nalishlarida tajriba almashish, qo‘shma dasturlar yaratish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida kelishuvga erishildi. Batafsil (https://telegra.ph/Xalqaro-forum-11-22) 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti