FDTU rektori, professor O’.R. Salomov Berlin shahrida o‘tgan forum davomida yetakchi grant tashkilotlari va xususiy sektor vakillari bilan yaqindan firk almashdi. Jumladan, Germaniya xususiy sector vakili Jan Friedel bilan o‘tkazilgan muzokaralarda drip irrigation (tomchilatib sug‘orish) tizimlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini O‘zbekistonga jalb qilish, yangi avlod sug‘orish texnologiyalarini tatbiq etish va bu borada Germaniya tajribasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shu bilan birga, DFG — German Research Foundation bilan hamkorlik yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. Ilmiy tadqiqotlar uchun qo‘shma grant loyihalari, ilmiy almashinuv dasturlari va FDTU tadqiqotchilarining DFG dasturlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida fikr almashildi.