25-noyabr kuni Fargʼona davlat texnika universitetida talabalar media jamoalaridan tashkil topgan "Inklyuziv media klubi"ning navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.


Yigʼilishda kun tartibiga qoʼyilgan masalalar, jumladan "birgalikda kuchlimiz", "barcha uchun teng imkoniyat" mavzularida sifatli video kontentlar tayyorlashda davom etish, "internetdan xafvsiz foydalanaman" shiori ostida tayyorlangan video kontentlar orqali talabalarda kibergigienik madaniyatni shakllantirish, milliy kontent mavzusiga yangicha innovatsion yondoshuv orqali davlatimizning ichki turizm salohiyatini namoyish etish, universitet fakultetlarining imkoniyatlari va ularda yaratilgan sharoitlarni oʼzida aks ettirgan targʼibot xarakteridagi video kontentlarni mediada koʼpaytirish masalalari koʼrib chiqildi. Shuningdek, media jamoalar sardorlariga yillik hisobot tayyorlash bo'yicha ko'rsatma, taklif va tavsiyalar berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti