Farg‘ona davlat texnika universiteti Rossiyaning Sankt-Peterburg politexnika universiteti bilan hamkorlikni izchil kengaytirib bormoqda. Ushbu hamkorlikning muvaffaqiyatli loyihalaridan biri — yaxshi an’anaga aylangan “Qishki maktab” dasturidir.


Joriy yilda talabalarimiz ikkinchi bor Rossiyada tashkil etilayotgan Qishki maktab dasturida “Sun’iy idrok va raqamli texnologiyalar” mavzusida ishtirok etishmoqda. Qishki maktab 24-noyabrdan 8-dekabrgacha Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar dunyoning turli davlatlaridan kelgan tengdoshlari bilan tanishish, tajriba almashish va bilimlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Hamkorlarimiz tomonidan dastur to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, talabalarimiz- M. Maxmudov, D.Mansurova,  F. Mirzahakimova,  S. Muratov va  T. Odilovlar Qishki maktabda ishtirok etish uchun to‘liq grantga ega bo‘lishdi. Barcha xarajatlar Sankt-Peterburg politexnika universiteti tomonidan qoplandi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti