Tadbirda Farg‘ona viloyati Din ishlari boshqarmasi mutaxassisi D. G‘ofurova ishtirok etib, raqamli makonda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Davra suhbati davomida talaba-qizlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Tadbir ishtirokchilarida raqamli xavfsizlik madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.