26 noyabr kuni Fargʻona davlat texnika universitetiga Germaniyaning "Gesamtmasche" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Silviya Yungbauer tashrif buyurdi. Uchrashuvni yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha FDTU birinchi prorektori Sh. Dehk


Uchrashuv davomida Silviya Yungbauer universitetda talabalar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishgani va, xususan, dual ta'lim tizimining muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgani uni quvontirganini ta'kidladi.

Shuningdek, u mashinasozlik, energetika, qurilish kabi tarmoqlarda Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migrasiyasi bo‘yicha hamkorlik yaxshi rivojlanayotganini qayd etar ekan, kelgusida universitet talabalarini Germaniya sanoat korxonalarida qisqa va uzoq muddatli amaliyot oʻtashga yuborish imkoniyatlarini ko'rib chiqish va kengaytirish boʻyicha fikr bildirdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti