Uchrashuv davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning yetakchi olim, professor-o‘qituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislari sohada amalga oshirilayotgan innovatsiyalar, ilg‘or ishlanmalar va sifatni oshirishga qaratilgan yondashuvlar haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Tabiiy tolalarga ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish
Resurs tejamkor texnologiyalar
Ekologik barqaror ishlab chiqarish
Ilm-fan va sanoat integratsiyasi— konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi. Tadbir yosh olimlar uchun ham o‘z bilimlarini namoyish etish, tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.