Bugun 1-dekabr kuni Farg'ona davlat texnika universitetida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, energiya samaradorligini oshirish va iqtisod qilishni ilmiy-texnikaviy o‘rganish to‘g‘risidagi 2025-yil 22-noyabrdagi 461-sonli buyrug'i hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining o'sha kungi 10.5/8/25-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida yoqilg‘i - energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish vazifasini bajarish uchun Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, energiya samaradorligini oshirish va iqtisod qilishni ilmiy-texnikaviy o‘rganish bo‘yicha amaliy seminar tashkil qilindi. Seminar Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, energiya samaradorligini oshirish va iqtisod qilishni ilmiy-texnikaviy o‘rganishda faoliyat olib boruvchi oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh, shuningdek, Farg'ona viloyatidagi Oliy ta'lim muassasalarining soha prorektorlari va maʼsullari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida universitetimiz misolida o'tkazildi. Seminarni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Energiya samaradorligi va ta'lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i A.J. Isoqov o'tkazdi. Seminar davomida universitet qozonxonasining quvvati va tabiiy gaz iste'moli, Smartwarm issiqlik qurilmasining funksiyasi va ishlash xususiyatlari mutaxassislar tomonidan atroflicha o'rganildi.


